Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi

Jahon 20:36 / 23.06.2022 12536

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Bu haqda qirollik hukumati saytida ma’lum qilindi

Qayd etilishicha, Britaniya hukumati Rossiyaga neftni qayta ishlash va boshqa muhim sohalar, kimyoviy va biologik qurol bilan bog‘liq mahsulot va texnologiyalar eksportini taqiqladi.

Bundan tashqari, Rossiyaga reaktiv dvigatellar uchun yonilg‘i hamda funt sterling banknotalarini eksport qilishga taqiq kiritildi.

Aniqlik kiritilishicha, bu choralarning ayrimlari hozirda Ukraina nazorati ostida bo‘lmagan hududlarga ham taalluqli.

Qirollik shuningdek, taqiqlangan mahsulotlar va texnologiyalar eksportiga aloqador har qanday ko‘mak va xizmatlar ko‘rsatishni ham taqiqladi.

Ko‘proq yangiliklar: