Twitter ijtimoiy tarmog‘ining yangi funksiyasi mualliflarga uzun tvitlar yaratish imkoniyatini taqdim etadi, deb yozdi TechCrunch nashri.
Yangi vosita Twitter Notes deb nomlanadi.
Notes yordamida foydalanuvchilar keng tahrirlash imkoniyati orqali uzun tvit-postlar hamda ularga mediafayllar qo‘shishlari mumkin bo‘ladi. Ilgari uzun matn yaratish uchun mualliflar tred – bir mavzu bo‘yicha tvitlar zanjirini yaratishlariga to‘g‘ri kelardi.
Nashrning ma’lumot berishicha, hozirda vosita cheklangan miqdordagi foydalanuvchilar orasida sinovdan o‘tkazilmoqda.