Lavrov yadroviy kelishuv masalasini muhokama qilish uchun Eronga bordi

Jahon 21:53 / 22.06.2022 11610

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Eron rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Tehronga bordi. 

Lavrov 22-23 iyun kunlari Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon bilan yadroviy kelishuv atrofidagi vaziyatni muhokama qiladi. 

Shuningdek, tomonlar Ukraina, Afg‘oniston, Suriya va ikki tomonlama munosabatlar mavzusida ham fikr almashadi. 

Rossiya tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, Lavrov Tehronga tashrifidan so‘ng 23-24 iyun kunlari Boku shahrida Ozarboyjon rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: