Moskva birjasi o‘zbek so‘mida savdolarni boshlaydi

Iqtisodiyot 10:56 / 21.06.2022 24868

Joriy yilning 27 iyun kunidan boshlab Moskva birjasining valuta bozorida o‘zbek so‘mi, arman drami va Janubiy Afrika randi bo‘yicha savdolar boshlanadi.

“Yangi valutalar bozorning professional ishtirokchilari, ularning mijozlari – jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlarining savdo imkoniyatlarini kengaytiradi”, deyiladi xabarda.

Treyderlar va ularning mijozlari quyidagi valuta juftliklari uchun spot va almashtirish vositalaridan foydalanishlari mumkin:

  • Janubiy Afrika randi — Rossiya rubli (ZAR/RUB);
  • AQSh dollari — Janubiy Afrika randi (USD / ZAR);
  • Arman drami — Rossiya rubli (AMD/RUB);
  • AQSh dollari — Arman drami (USD/AMD);
  • O‘zbek so‘mi — Rossiya rubli (UZS/RUB).

BAA dirhami — Rossiya rubli (AED/RUB) va AQSh dollari — BAA dirhami (USD/AED) valuta juftliklari bo‘yicha savdolarning boshlanishi esa keyinroq e’lon qilinishi aytilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: