AQSh adliya vaziri ehtimoliy harbiy jinoyatlarni tekshirishda hamkorlikni muhokama qilish uchun Ukrainaga bordi 

Jahon 18:52 / 21.06.2022 7056

AQSh adliya vaziri Merrik Garland ehtimoliy harbiy jinoyatlarni tekshirishda o‘zaro hamkorlik masalasini muhokama qilish uchun e’lon qilinmagan tashrif bilan Ukrainada bo‘lib turibdi, deb xabar berdi ABC telekanali.

"Bosh prokuror Garland Ukrainaga e’lon qilinmagan tashrifni amalga oshirdi", - deya adliya vazirligi vakilining so‘zlaridan iqtibos keltirdi ABC. 

Vakilning ma’lumot berishicha, Garland Ukraina bosh prokurori Irina Venediktova bilan "harbiy jinoyatlarni tekshirishda hamkorlik qilish bo‘yicha AQShning sa’y-harakatlarini muhokama qiladi". 

Avvalroq AQSh davlat departamenti Rossiya qo‘shinlari Ukrainadagi harbiy jinoyatlarga aloqador degan xulosaga kelganini ma’lum qilgandi. Rossiya tomoni bu ayblovlarni rad etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: