O‘zbekiston Rossiyaga qariyb 8 ming tonna gilos yetkazib berdi

Iqtisodiyot 07:28 / 16.06.2022 19396

Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-may oylarida 12 ta davlatga qiymati 22,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 18,4 ming tonna gilos eksport qilgan. 

Qayd etilishicha, gilos eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,3 ming tonnaga kamaygan. 

2022 yilning 5 oyida O‘zbekiston eng ko‘p gilos eksport qilgan davlatlar:

  • Rossiya – 7,9 ming tonna;
  • Qozog‘iston – 6 ming tonna;
  • Qirg‘iziston – 4,2 ming tonna;
  • Belarus – 102 tonna;
  • Polsha – 52 tonna;
  • Koreya – 47 tonna;
  • BAA – 8,2 tonna.

Bundan oldin O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi miqdori ma’lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: