Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda pensiya va nafaqa pullarini talon-toroj qilgan bank xodimlari aniqlandi
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida pensiya va nafaqa pullarini talon-toroj qilgan bank xodimlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Foto: Kun.uz
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Shahrisabz tuman bo‘limi tomonidan AT “Xalq bank” Shahrisabz filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, filialining 4-sonli sayyor kassa buxgalter nazoratchisi S.I. va kassiri N.R. o‘zaro til biriktirib, tumandagi 150 nafar fuqaroga joriy yilning mart, aprel va may oylari uchun ajratilgan 100,5 mln so‘m pensiya va nafaqa pullarini fuqarolarga berilishini ta’minlamagani aniqlangan.
Qayd etilishicha, yuqoridagi shaxslar pensiya va nafaqa pullarini o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab talon-toroj qilgan. Tekshiruv davomida yetkazilgan zararning to‘liq qoplanishi ta’minlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Departament ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ish va hayot balansi eng yaxshi bo‘lgan davlatlar reytingi tuzildi
Jahon | 15:05
-
Kia O‘zbekiston bozorida yetakchilardan: 2025 yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar
O‘zbekiston | 15:00
-
O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar umumiy aholining 2,7 foizini tashkil etyapti
O‘zbekiston | 14:48
-
Karlo Anchelotti bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Sport | 14:37
Mavzuga oid

18:10 / 19.06.2025
Prezident Qarshidan Shahrisabzga poyezdda bordi va faollar bilan suhbatlashdi

16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

09:27 / 11.03.2025
Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

08:12 / 07.03.2025