Farg‘ona viloyatida harakatdagi Orlando yonib ketdi

Jamiyat 20:04 / 12.06.2022 16122

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida harakatlanib ketayotgan Orlando avtomobilida sodir bo‘lgan yong‘in o‘chirildi, deb xabar bermoqda viloyat FVB matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 12 iyun kuni soat 09:56 da tumanning «Yangibo‘ston» MFY hududida harakatlanib ketayotgan, 2014 yilda ishlab chiqarilgan Orlando rusumli avtomobilning texnik nosozligi oqibatida yong‘in kelib chiqqan.

O‘t o‘chiruvchilar yong‘in joyiga soat 10:14 da yetib borishgan, yong‘in soat 10:15 da o‘rab olinib, 10:19 da o‘chirilgan. Taxmin qilinishicha, hodisaga elektr simlari qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Bundan avvalroq Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Captiva yonib ketgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: