Sho‘rchida IIB xodimlari va fuqarolar o‘rtasida yuz bergan hodisaga izoh berildi

Jamiyat 20:46 / 11.06.2022 2709

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida fuqarolar va IIB xodimlari janjallashgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati hodisa yuzasidan munosabat bildirdi.

Munosabatda aytilishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudi 2022 yil 2 fevral kunidagi “Noqonuniy qurilishlarni majburiy tartibda buzdirish” hamda “Noturar yer maydonidan chiqarish haqida”gi qaror chiqargan.

Sud qarori hamda MIB Oltinsoy tumani bo‘limining ijro hujjatiga asosan MIB Oltinsoy tuman bo‘limi, tuman IIB hamda tegishli tashkilotlardan iborat ishchi guruh, joriy yil 8 iyun kuni soat 10:00 larda majburiy ijro harakatlari belgilangan joyga borishganida, javobgarlar ijro harakatlari bajarilishiga to‘sqinlik qilgan.

Bundan tashqari, MIB va IIB xodimlarining harakatlariga faol qarshilik ko‘rsatib, mas’ullarga tosh va g‘isht bo‘laklarini otishgan.

Oqibatda, jamoat tartibini buzib, davlat organlari xodimlariga tan jarohati yetkazgan 4 nafar fuqaro majburiy tarzda tuman IIBga olib borilib, ularga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan o‘rnatilgan tartibda tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: