Uy ta’miri uchun 30 mln va bepul tikuv mashinasi - To‘ra Bobolovning Sariosiyodagi sayyor qabuli qanday o‘tdi?

Jamiyat 15:30 / 09.06.2022 13053

Olti soat davom etgan qabulda viloyatdagi sektorlar rahbarlari, boshqarma va tashkilotlar, Xalq qabulxonasi rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida 195 nafar fuqaroning 243 dan ortiq murojaatlari o‘rganildi. Murojaatlarning 64 tasi mas’ullar tomonidan joyida hal etildi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Xususan, Shabnam mahallasida istiqomat qilib kelgan Surayyo Rahmonovaning oilaviy sharoiti o‘rganildi. Uning murojaatiga ko‘ra uy-joyini ta’mirlash hamda iqtisodiy holatini yaxshilash maqsadida 30 mln so‘m moddiy yordam ajratildi.

Munisa Boltayeva farzandini davolatish uchun moddiy yordam, qolaversa o‘zini o‘zi band qilishi uchun tikuv mashinasi so‘radi. To‘rt mln moddiy yordam ajratildi. Tikuv mashinasi shu kunning o‘zida berildi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Shuningdek, S.Sheroziy mahallasida joylashgan ko‘zi ojizlar jamiyatining binosini ta’mirlash va xona jihozlari, kompyuter olishda yordam so‘raldi. Ushbu murojaat ham inobatga olinib, zarur mablag‘ ajratildi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Vaqt talab etiladigan 179 ta murojaatning ijrosini ta’minlash uchun muddat belgilanib, mas’ullar biriktirildi.

Viloyat hokimining sayyor qabullari hududlarda davom etmoqda.

Surxondaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: