O‘zbekistonga import olma asosan Erondan olib kelinmoqda 

Iqtisodiyot 09:11 / 08.06.2022 23958

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 9,0 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 22,4 ming tonna olma mevasi import qilingan.

Qayd etilishicha, olma importi 2021 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 22,1 ming tonnaga yoki 19,6 barobarga oshgan.

O‘zbekiston 4 oy mobaynida eng ko‘p olma mevasini import qilgan davlatlar orasida Eron yetakchilik qilmoqda – 15,2 ming tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Polsha – 2,2 ming tonna;
  • Moldova – 1,5 ming tonna;
  • Ukraina – 1,8 ming tonna;
  • Turkiya – 732,6 tonna;
  • Xitoy– 523,6 tonna;
  • Qozog‘iston – 164,3 tonna.

Bundan oldin O‘zbekistonga import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari qiymati ma’lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: