Tadbirkorlar kutgan taklif: murobahali moliyalashtirish

Jamiyat 17:00 / 03.06.2022 18372

ATB “Qishloq qurilish bank” Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi liniyasi hisobidan 3 yillik murobaha asosida moliyalashtirishni taklif etadi. Mazkur xizmat bank va Korporatsiya o‘rtasida tuzilgan “Murobaha shartnomasi” asosida yo‘lga qo‘yildi. Ushbu kelishuv yurtimizdagi ko‘plab tadbirkorlar tomonidan kutilgan va katta qiziqish bildirilayotgan Islom moliyasi tamoyillaridan biri bo‘lgan murobaha asosida moliyalashtirish imkoniyatini berishi bilan ahamiyatlidir.

Ma’lumki, murobaha bu – islom shariati tamoyillari asosidagi  moliyalashtirish usullaridan biri va u savdoga asoslanadi. Bunda mijoz bankka o‘z ehtiyoji uchun kerakli mahalliy yoki xorijiy mahsulotni sotib olishni so‘rab murojaat qiladi. Bank esa  ko‘rsatilgan mahsulotni  xarid  qilib, mijozga o‘z ustamasini qo‘ygan holda bo‘lib to‘lash sharti bilan sotadi.

Moliyalashtirish bir qator shartlar asosida amalga oshiriladi. Xususan,  shariat tamoyillariga zid bo‘lmagan barcha loyihalar, doirasida, asbob-uskuna, jihozlar, og‘ir va yengil transport vositalari va ular uchun xomashyo mahsulotlarini xarid qilish jarayoni moliyalashtirilishi mumkin. Mijozlar 250 000 AQSh dollaridan 5 000 000 AQSh dollarigacha bo‘lgan loyihalari uchun mazkur moliyalashtirish turidan foydalanish imkoniyatiga egalar.

E’tibor qaratish joiz bo‘lgan muhim jihat shundaki, sayyohlik, dam olish maskanlari, mudofaa, ko‘chmas mulk, an’anaviy banklar va sug‘urta korxonalariga resurs yoki kredit ajratish, spirtli ichimliklar, harom go‘sht ishlab chiqarish va realizatsiya qilish hamda pornografiya, tungi klub yoki qimorxonalar bilan bog‘liq faoliyat turlari kabi loyihalar moliyalashtirilmaydi.

Moliyalashtirish agar shartnomalar xalqaro importni nazarda tutsa, AQSh dollarida amalga oshiriladi. O‘z navbatida, mahalliy bozordan olinadigan uskunalarni moliyalashtirish murobaha shartnomasi qiymatida AQSh dollarini milliy valutaga konvertatsiyalash orqali taqdim etiladi.

Albatta, mijozlarni xizmat muddati qiziqtirishi tabiiy. Bu borada 36 oylik muddat joriy qilingani (oxirgi to‘lov muddati 30.01.2025) tadbirkor uchun qulaylik yaratadi. Zotan 6 oygacha imtiyozli davr ham taklif etilmoqda. Boz ustiga, mijoz tomonidan savdo summasi har 6 oyda amalga oshiriladi.

Mahsulot narxiga 7.85 + 3 yillik o‘zgaruvchan svop asosidagi ustama qo‘shilib, ushbu ustama davr oxiriga qadar o‘zgarmas etib belgilanadi. Shu o‘rinda eslatib o‘tish joiz, administrativ xarajatlarini qoplash uchun murobaha shartnomasi sotuv narxining 1 foizi miqdorida bir martalik oldindan to‘lov mavjud.

Xizmatdan foydalanish jarayonida agar mijoz tomonidan kechikishlar kuzatilsa, yillik 10 foiz miqdorida penya undiriladi. Ya’ni har bir kechiktirilgan kun uchun to‘lov grafigi bo‘yicha to‘lanmagan qoldiq qarz miqdoriga nisbatan yillik 10 foiz miqdorida penya undirilib, ushbu mablag‘lar Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi tomonidan xayriyaga yo‘naltiriladi.

 

Yana bir muhim jihat shundaki, murobaha shartnomasiga muvofiq mijozga berilayotgan qarz ta’minoti uchun ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan bank kafolati taqdim qilinadi. Bunda bank kafolati murobaha shartnomasiga muvofiq sotish narxi (sale price) miqdorida bank tomonidan belgilanadi. Muddati ham murobaha shartnomasiga muvofiq bo‘ladi. Bu vaziyatda bank kafolat ajratishga doir hujjatlarni ko‘rib chiqqani uchun BHMning 2 (ikki) barobari miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshiriladi. Ushbu qulaylikdan foydalanish istagida bo‘lgan mijoz bank kafolati summasining 125 foizi miqdoridagi mol-mulkni garov ta’minoti sifatida taqdim etishi lozim.

ATB “Qishloq qurilish bank” jamoasi islomiy moliyalashtirish xizmatidan foydalanish istagida bo‘lgan barcha tadbirkorlarni hamkorlikka chorlaydi.

Qulay imkoniyatdan foydalaning va o‘z biznesingizni yanada rivojlantiring!

Qishloq qurilish bank – farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun:

Telefonlar: +998 78 150 00 55

+998 78 150 76 42

Qisqa raqam: 1254

Elektron pochta: islamicbanking@qqb.uz

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: @QQBANK

Facebook: fb.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: