ISHONCH do‘konlar tarmog‘i Vobkent va Uchquduq tumanlarida o‘z faoliyatini boshladi

Jamiyat 19:58 / 31.05.2022 12301

28-29 may kunlari ISHONCH do‘konlarining 53-filiali Buxoro viloyatining Vobkent tumanida va 54-filiali Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida xaridorlar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Tantanali ochilish marosimiga tashrif buyurgan mehmonlar do‘konlardagi keng assortimentda taqdim etilgan mahsulotlar va ularni muddatli to‘lovga xarid qilish imkoniyatlari bilan tanishishga muvaffaq bo‘lishdi. Sotuvchi-maslahatchilar barchaga malakali yordam ko‘rsatib, ularni qiziqtirayotgan savollar bo‘yicha batafsil ma’lumot taqdim etdilar.

Foto: ISHONCH
Foto: ISHONCH

Kompaniya tarixi Farg‘ona vodiysi hududida maishiy texnika sotiladigan bir do‘kondan boshlangan. Hozirda ISHONCH do‘konlar tarmog‘i yurtimiz bo‘ylab 54 ta filialga ega va ularda yuqori malakali xodimlar ishlamoqda. Har bir xodim o‘z lavozim vazifalari bo‘yicha maxsus o‘qitiladi, bu esa kompaniyaning xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga yordam beradi. Iqtidorli mutaxassislar martabasini oshirishi uchun yaxshi imkoniyatlar taqdim etiladi. Yangi filiallarning ochilishi mamlakatimiz tumanlarida ishga joylashish muammosini qisman bo‘lsa-da hal etadi, bu esa o‘z navbatida aholi turmush darajasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Foto: ISHONCH
Foto: ISHONCH

Bugungi kunda har bir filialda uy uchun kerakli mahsulotlar mavjud: maishiy texnika, mebellar, qurilish materiallari, sport tovarlari, musiqa asboblari, bolalar tovarlari va boshqalar. Har qanday mahsulotni muddatli to‘lov asosida olish va shunchaki pasport bilan (budjet tashkiloti xodimlari va nafaqadagi shaxslar) 15 daqiqa ichida shartnoma tuzish imkoniyati mavjud.

Foto: ISHONCH

ISHONCH kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan qulayliklar bu bilan cheklanmaydi: foydali aksiyalar, bonuslar, bepul yetkazib berish va o‘rnatish, 30 kun ichida mahsulotni qaytarish imkoniyati shular jumlasidan. Kompaniyada mahsulot yoki xizmat haqida batafsil ma’lumot berish uchun yagona aloqa markazi faoliyat yuritadi, xohlovchilar +998735152222 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yoki Telegram orqali t.me/ishonchadmin_1 ga yozib, savollarini berishlari va o‘zlariga kerak ma’lumotlarni olishlari mumkin.

ISHONCH do‘konlar tarmog‘i tez kunlarda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida, Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida, Toshkent viloyatining Angren shahri va Oqqo‘rg‘on hamda Qibray tumanlarida, Buxoro viloyatining Romitan tumanida ham yangi filiallarini ochish rejalashtirgan. Shu sababli ushbu yangi do‘konlarga ishga kirishni istaganlar o‘z anketalarini Telegram orqali t.me/ishonchanketabot orqali to‘ldirib qoldirishlari va t.me/hrfmishonch Telegram kanali orqali bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot olishlari mumkin.

Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va sahifalari:

Telegram: t.me/ishonchsavdo

Instagram: instagram.com/ishonchsavdouz

Facebook: facebook.com/ishonchsavdouz

YouTube: youtube.com/c/Ishonchsavdo

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: