To‘rt oyda qaysi hududlarda eng ko‘p ajrashish qayd etilgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat 08:29 / 28.05.2022 13583

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida respublika bo‘yicha 16 256 ta ajralish holatlari qayd etilgan.

2022 yilning dastlabki 4 oyida hududlar kesimida qayd etilgan ajrashishlar soni eng ko‘p Toshkent shahrida kuzatildi – 1982 ta holat.

Shuningdek, ajrashish holatlari Samarqand viloyati (1736 ta holat), Toshkent viloyati (1700 ta holat) va Andijon viloyatida nisbatan ko‘p kuzatildi (1658 ta holat).

Qolgan hududlar kesimida ushbu ko‘rsatkich quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Farg‘ona viloyati – 1628 ta; 
  • Namangan viloyati – 1404 ta; 
  • Qashqadaryo viloyati – 1342 ta;
  • Buxoro viloyati – 923 ta; 
  • Surxondaryo viloyati – 908 ta;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 729 ta; 
  • Xorazm viloyati – 642 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 580 ta;
  • Jizzax viloyati – 559 ta;
  • Navoiy viloyati – 465 ta.

Bundan oldin O‘zbekistonda uch oyda 12 mingdan ortiq nikohdan ajrashish holati qayd etilgani xabar qilingandi

Ko‘proq yangiliklar: