Polvonlik va dorbozlik yo‘nalishida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston 07:24 / 27.05.2022 3009

“Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, etnosport turlarini 2025 yilgacha ommalashtirish va rivojlantirish dasturi hamda uni 2022–2023 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.  

2023 yil 1 martdan har yili etnosport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. 2023 yildan an’anaviy tarzda:

Toshkent shahrida har yili bir marotaba etnosport turlari bo‘yicha “Uzbekistan Ethno Games” respublika festivali;

Xiva shahrida har ikki yilda bir marotaba Xalqaro etnosport festivali tashkil qilinadi. 

2022/2023 o‘quv yilidan Respublika estrada sirk kollejida polvonlik va dorbozlik san’ati yo‘nalishida o‘rta bo‘g‘in kadrlari tayyorlanadi. 
  
2023 yildan har ikki yilda bir marotaba polvonlar va dorbozlar ishtirokida “Polvonlar sulolasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi. 

YuNeSKO tashkilotidan nomoddiy madaniy meros maqomi olinishi mumkin bo‘lgan etnosport turlari ro‘yxati shakllantiriladi. 

2023 yil 1 yanvargacha har bir hududda ot sporti turlariga tegishli anjomlar savdosini yo‘lga qo‘yish maqsadida do‘konlar tashkil etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: