O‘zbekiston sement importi hajmini kamaytirdi

O‘zbekiston 08:23 / 27.05.2022 5149

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga qiymati 26,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 662 ming tonna sement import qilingan. 

Qayd etilishicha, sement importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 372 ming tonnaga kamaygan. 

2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar quyidagicha:

  • Tojikiston – 289,5 ming tonna;
  • Qozog‘iston – 185,3 ming tonna;
  • Qirg‘iziston – 179,3 ming tonna;
  • Turkmaniston – 3,7 ming tonna;
  • Eron – 3,7 ming tonna;
  • Rossiya – 344 tonna.

Bundan oldin O‘zbekistonga sement asosan Tojikistondan olib kelinayotgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: