Ayrim sanoat zonalari xorijiy kompaniyalar boshqaruviga beriladi

O‘zbekiston 07:28 / 27.05.2022 2800

Qayd etilishicha, 26 may kungi yig‘ilishda ikki oy muddatda xorijiy mamlakatlarning tajribali kompaniyalariga 1 tadan sanoat zonalarini boshqaruvga berish hamda xorijiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha taklif kiritish topshirilgan.

“Yana bir masala – eksportga mahsulot ishlab chiqarishda tashqi bozorlar talablaridan kelib chiqishimiz shart. Bunda, ishlab chiqarilayotgan har bir mahsulot xorijiy standartlarga javob berishi, bozor va iste’molchi talablariga mos kelishi asosiy talab bo‘ladi”, dedi prezident yig‘ilishda.

Bundan tashqari, kichik sanoat zonalarida uzoq yillar faoliyat yuritayotgan va hozirda yer va bino-inshootlarga huquqi hal bo‘lmagan 2 mingdan ziyod tadbirkorlar mavjud. 

Bir oy muddatda sanoat zonalarida joylashgan tadbirkorlarning yer va bino-inshootlari bilan bog‘liq masalalarini hal qilish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.

Bugungi kunda farmatsevtikaga ixtisoslashgan 5 ta erkin iqtisodiy zonaning 40 foiz yer maydoni bo‘sh turgani ko‘rsatib o‘tildi. Tadbirkorlar ushbu bo‘sh maydonlarda boshqa sanoat loyihalarini ham amalga oshirishga ruxsat berishni so‘ramoqda. 

Mutasaddilarga farmatsevtika iqtisodiy zonalari faoliyatini kengaytirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: