Lukashenko Ukraina yo‘nalishida operativ qo‘mondonlik tuzishni talab qildi 

Jahon 23:13 / 26.05.2022 16587

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatni Ukraina bilan chegaradosh janubiy yo‘nalishda mudofaa qilish uchun yangi operativ qo‘mondonlik tuzishni talab qildi

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Belarusga Polsha va Boltiq davlatlari orqali hamda «Ukrainadagi jangovar harakatlar eskalatsiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun» bosim bo‘lishi mumkin. 

«Afsuski, yangi yo‘nalish, yangi front ochildi va bunga e’tibor qaratmasdan turolmaymiz», — dedi u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Belarus qo‘mondonlik tuzmasdan va qurolli kuchlar rotatsiyasini o‘tkazmasdan janubiy chegaralarini qo‘riqlashga majbur. 

«Biz rotatsiya o‘tkazishimiz shart — bu mening qat’iy talabim. Va bu yerga harbiylarimizni joylashtirishimiz kerak. Bu harbiy davr sharti. Faqat hozircha urushsiz», — dedi Lukashenko. 

Belarus va Rossiya fevralda birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgandi. 18 fevralda Vladimir Putin mashg‘ulotlar mudofaa tusiga egaligi va hech kimga xavf solmasligini aytgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: