AhadMix Group “2021 yil brendi” sovrinini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston 16:00 / 26.05.2022 12104

21 may kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida marketing sohasidagi to‘rtinchi “MAKON Marketing Forum – 2022” xalqaro biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda “2021 yil brendi” mukofoti sohiblari e’lon qilindi.

Iste’molchilar o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, AhadMix Group “Yoritish moslamalari va tadbirlarning texnik ta’minoti” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Markaziy Osiyodagi eng yirik marketing forumi hisoblanuvchi MAKON forumi va “Yil brendi” uchun yig‘ilgan ovozlarni hisoblash jarayoni mana 5 yildirki tadbirkorlar va marketing sohasidagi ekspertlarni bir davrada jamuljam qilib kelmoqda.

Forumda mahalliy tadbirkorlar, yirik kompaniyalarning top-menejyerlari va marketologlari ishtirok etdi. Rossiya, Ukraina va Qozog‘istondan qatnashgan ekspertlar samarali marketing strategiyalari va biznes-loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha o‘z tajribalari va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: AhadMix Group

Bu g‘alaba AhadMix Group jamoasi uchun katta rag‘bat va to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganliklarining muhim belgisi bo‘ldi. Bugungi kunda kompaniya 400dan ortiq mijozlar bilan ishlab kelmoqda. Tashkil etilgan tadbirlar soni 7 mingdan, shahar bo‘ylab o‘rnatilgan LED-ekranlar soni esa 40tadan oshgan.

AhadMix Group g‘olibni aniqlashda qatnashgan barcha ovoz beruvchilarga minnatdorchilik bildiradi. Shuningdek, hamkorlarimiz va hamkasblarimizga qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun tashakkur izhor qilamiz.

Kompaniya yangi hamkorlar va qiziqarli loyihalar uchun doim ochiq.

LED-ekranlarda tashqi reklama joylashtirish, tadbirlar uchun ovoz va musiqa moslamalarini ijaraga olish masalalarida ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamga murojaat qilishingiz mumkin:

Telefon: (+998) 94 657 33 33

Instagram: instagram.com/ahadmix_group

Facebook: fb.com/ahadmixgroup

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: