Shunchaki televizor emas: LG OLED G1 bilan san’at, o‘yin va kinodan bahra olish imkoniyati

Jamiyat 17:10 / 25.05.2022 9530

2012 yilda LG Electronics 55 dyuymli birinchi OLED televizorlarini taqdim etdi va ular tez vaqt ichida katta shuhrat qozondi. Yuqori yorqinlik va kontrast, kam energiya iste’moli, tezkor javob berish tezligi, televizorning kichik qalinligi va og‘irligi bilan keng ko‘rish burchagi yaqinlaringiz bilan tomosha qilishdan to‘liq zavqlanish imkonini beradi.

LG OLED G1 — 55 dan 77 dyuymgacha bo‘lgan uchta ekran o‘lchamida mavjud bo‘lgan yangi OLED evo texnologiyasi va Galereya dizayniga ega 4K televizor. OLED televizorlari evolyutsiyasidagi navbatdagi qadam bo‘lib, maksimal ekran yorqinligini 20 foizga oshiradi.

Foto: LG 

LG OLED G1 o‘ziga xos devor rasmi dizayniga ega. G1 devorga o‘rnatish moslamasi televizor bilan birga keladi va o‘rnatish uchun maxsus chuqurchaga ega bo‘lgan G1 orqa panelining maxsus dizayni tufayli televizor ekrani devorga tekis o‘rnatiladi. LG OLED G1 o‘zining nihoyatda ingichka ramkasi tufayli klassikadan minimalizmgacha bo‘lgan har qanday uslubdagi yashash maydoniga juda mos tushadi. Kun davomida siz sevimli rasmingizni past quvvat rejimida qo‘yishingiz, kechqurun esa sevimli film yoki o‘yinlaringizni tomosha qilishdan zavqlanishingiz mumkin.

Foto: LG 

G1 televizori yuqori kontrast nisbati va qora rangning turdoshligi bilan OLED texnologiyasining barcha afzalliklarini saqlab qoladi hamda Natural va Cinema Movement ishlash rejimlari, ilg‘or LG AI Picture Pro va AI Sound Pro avtomatik tasvir va ovozni optimallashtirish funksiyalari, hamda sun’iy intellekt algoritmlariga ega 4-avlod Alpha9 protsessori bilan takomillashtirilgan.

Buning natijasida tanaffus va uzilishlarsiz yuqori rang aniqligiga, yuqori sifatli ovozga va yaxshilangan yorqinlikka erishiladi.

2020 yilda LG Electronics Xbox Series X konsoli va LG OLED televizorlarining ajoyib o‘yin tajribasini ta’kidlash uchun hamkorlikka kirishdi. LD OLED G1 innovatsion televizori Xbox Series X o‘yin tajribasidan bahramand bo‘lishingiz uchun zarur bo‘lgan barcha muhim funksiyalarga ega: HDR, Dolby Vizion, Dolby Atmos, BRR. O‘yin ishqibozlari ham, professional geymerlar ham LG G1 Gallery televizorining yuqori unumdorligi, ultra past kiritish signalini kechikishi va tezkor javobni olishda ishonch hosil qilishlari mumkin. G1ning alohida piksellarni o‘chirish qobiliyati deyarli cheksiz kontrast darajasini va yorqin obektlar atrofida ko‘rinmasdan mukammal qora rangining turdoshligini yaratadi. Televizorning bu xususiyatlari qorong‘i muhitda o‘yinni ayniqsa hayajonli va qiziqarli qiladi.

Foto: LG 

Bundan tashqari, LG OLED G1 televizori LG ThinQ aqlli uy ekotizimiga ulanib, mobil qurilmangizdagi ilova orqali jihozlarni boshqaradi. LG ThinQ ilovasi masofadan boshqarish pulti sifatida qo‘llanilishi mumkin. Bir marta bosish orqali siz tasvirni aks ettirishingiz, videoni ekranda uzatishingiz va audioni televizoringizdan telefoningizga yoki aksincha uzatishingiz mumkin.

LG OLED G1 televizori kino va musiqa ixlosmandlari va geymerlar uchun bo‘sh vaqtlarining ajralmas qismiga, shuningdek, uyingiz intererining yorqin detaliga aylanadi.

LG OLED G1 haqida batafsil ma’lumot uchun: https://www.lg.com/uz/televisions/lg-oled65g1rla

LG Uzbekistan Instagram sahifasi: https://instagram.com/lguzbekistan

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: