Qizlari bilan beva qolgan kishi va Donbassdagi merganlar otryadi hayoti. Urush suratlari

Jahon 15:37 / 22.05.2022 36745
Portugaliya bosh vaziri Antonio Kosta Irpenga tashrif buyurdi
AP Photo/Efrem Lukatsky

Ukrainadagi urush, so‘nggi ma’lumotlar: 

  • 21 may kuni Severodonetsk hududida janglar davom etdi, rossiyalik harbiylar Ukraina armiyasining bu yerdagi platsdarmini Lisichansk janubi bilan bog‘lovchi ko‘prikni vayron qildi; keyinroq Lugansk oblasti rahbari rossiyaliklarning ko‘prikka zarba bergan texnikasi yo‘q qilingani haqida xabar berdi.
  • Kursk oblastidagi Ukraina bilan chegaradosh posyolkalarga minomyotlardan zarba yo‘llangan.
  • Mariupoldan Ukrainaning boshqa hududlariga evakuatsiya bo‘lish amalda imkonsiz ishga aylandi — shahar ma’muriyati xabar qilishicha, rossiyalik harbiylar ikkinchi darajali yo‘llarga ham blokpostlar o‘rnatgan.
  • LDPR partiyasining Davlat dumasidagi fraksiyasi yetakchisi, Ukraina bilan muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi ishtirokchisi Leonid Slutskiy Moskvadagilar Viktor Medvedchukni «Azov» jangchilariga almashish imkoniyati ko‘rib chiqilayotganini xabar qildi (keyinroq u uning so‘zlari kontekstdan uzib olinganini aytib chiqdi).
  • Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina portlari blokirovka bo‘lib qolgani tufayli 22 mln tonna bug‘doy va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish imkoni yo‘qligini aytdi.
  • Jo Bayden Ukrainaga yana 40 milliard dollarlik yordam ajratish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
  • Rossiya transport vaziri Vitaliy Savelev Ukrainaga bosqin tufayli joriy etilgan sanksiyalar «amalda Rossiyadagi butun logistika tizimini buzgani»ni tan oldi.

Quyida 20-21 may kunlari Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Donbass shimoli

Severodonetskka 17 may kuni berilgan zarbalar vaqtida rafiqasini yo‘qotgan kishi ikki yoshli egizak qizlari bilan Lisichanskdan evakuatsiya bo‘lishini kutmoqda.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiysi Lugansk oblasti Lisichansk shahrida yonayotgan ukrainlar texnikasi yaqinidan o‘tmoqda
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiysi Lisichansk o‘qqa tutilishi vaqtida halok bo‘lgan safdoshi jasadi oldida
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain armiyasi tanki Lisichansk yaqinidagi front chizig‘ida
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Severodonetsk o‘qqa tutilishi vaqtida ko‘tarilgan quyuq tutun. Front chizig‘i ushbu shahar yaqinidan o‘tadi, shahar ukrain armiyasining Shimoliy Dondan shimoldagi muhim platsdarmi hisoblanadi.
Aris Mesinis / AFP / Scanpix / LETA
Xarobalar orasidagi to‘y fotosurati, Kramatorsk
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Baxmutdagi universitet shaharchasi o‘qqa tutilishi oqibatlari, Donetsk oblasti
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain harbiy xizmatchilari Donbassdagi front chizig‘i yaqinida yarador quroldoshlariga yordam ko‘rsatmoqda
AFP / Scanpix / LETA
Donbassdagi front chizig‘i yaqinidagi yarador ukrain harbiylari
AFP / Scanpix / LETA
Mariupol shahrining Azov dengizi bo‘yidagi qismida zarbalardan shikastlangan uylar
AP Photo/Alexei Alexandrov
Mariupol shahridagi janglar vaqtida vayron qilingan tramvaylar
AP Photo/Alexei Alexandrov

Xarkov oblasti

Ukraina qurolli kuchlari harbiysi oldingi chiziqda rossiyaliklar pozitsiyasini kuzatmoqda. 93-brigada askarlari Izyumdan janubdagi rossiyaliklar hujumini qaytarish uchun jang qilmoqda.
John Moore / Getty Images
Xarkov atrofidagi Olhovka qishlog‘idagi tovuq katagida qolgan rossiyalik askar jasadi.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Eski Saltov qishlog‘i aholisi non va sigaret sotib olish uchun navbatda turibdi. Bir oydan oshiq vaqt rossiyaliklar okkupatsiyasida bo‘lgan posyolka yana ukrainlar nazoratiga qaytgan. Eski Saltov hamon front chizig‘iga yaqin va doimiy ravishda zarbalarga uchramoqda.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Xarkovga zarbalar chog‘ida shikastlangan metall devor
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Xarkovdagi turar joylar. Rossiya qo‘shini so‘nggi haftalarda shahardan shimolga, Belgorod oblasti bilan chegara tomon surib tashlangan, ammo so‘nggi kunda bu hududda rossiyaliklar qarshi hujumi kuzatildi.
John Moore / Getty Images
Xarkovdagi pravoslav cherkov yerto‘lasida tushlik qilayotgan qochqinlar
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Ukrainlar harbiy vertolyoti korpusi. John Moore / Getty Images

Kiyev

Portlab ketgan zirhli mashina bashnyasini tomosha qilayotgan bolakay — Kiyev markazida harbiy harakatlar vaqtida yakson etilgan Rossiya harbiy texnikalari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Marinka yaqinida snayperlar otryadi

Donetskdan janubi-g‘arbda joylashgan Marinka shahri yaqinidagi otryad bir necha kun oldin, 16–17 may kunlari suratga olingan. Bu yerda janglar urushning ilk kunlaridan buyon davom etmoqda, ammo bu hududda front chizig‘i deyarli o‘zgarmagan. Gleb Garanich olgan suratlar snayperlar ishini ko‘rish uchun kamdan kam uchraydigan imkoniyat — shu vaqtga qadar ukrainlar tomonidan bunday suratlar deyarli taqdim etilmagandi.

Marinkadagi merganlar bo‘linmasi ko‘ngillari qurollarini o‘qlamoqda
Wojciech Grzedzinski / The Washington Post / Getty Images
Merganlar bo‘linmasi ko‘ngillisi Oksana Marinka yaqinida o‘z miltig‘i bilan suratga tushib bermoqda
Wojciech Grzedzinski / The Washington Post / Getty Images
Marinkadagi merganlar bo‘linmasi ko‘ngillilari pozitsiyani egallash uchun ketmoqda
Wojciech Grzedzinski / The Washington Post / Getty Images
Merganlar bo‘linmasi ko‘ngillilari Marinka atrofida dron orqali olingan tasvirlarni o‘rganmoqda
Wojciech Grzedzinski / The Washington Post / Getty Images
Marinkadagi merganlar bo‘linmasi ko‘ngillilari o‘z pozitsiyasida
Wojciech Grzedzinski / The Washington Post / Getty Images
Ko‘proq yangiliklar: