«PSJ» Mbappe bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi

Sport 00:14 / 22.05.2022 25830

Kilian Mbappe «PSJ»da qoladi.

Parij klubi hujumchi bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolaganini ma’lum qildi. Avvalgi kelishuv shu yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan edi.

Mbappe 2018 yildan buyon «PSJ»da o‘ynab kelmoqda. U «Monako»dan 180 mln yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi.

23 yoshli fransuz bu mavsumda Liga 1da 34ta o‘yinda maydonga tushib, 25ta gol va 17ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Ko‘proq yangiliklar: