Urganchda «Yoshlar texnoparki» quriladi

O‘zbekiston 08:14 / 21.05.2022 662

«Yoshlar texnoparki» yoshlarning intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirish, tahliliy fikrlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, «startap» loyihalarini rivojlantirish va ularni amalga oshirish uchun yagona maydon tashkil etish maqsadida barpo etilmoqda.

Shuningdek, hududlarni sifatli, yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlash maqsadida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirishni ko‘zda tutadi.

Texnopark iqtidorli yoshlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish tashkilotlarida malaka oshirishlariga ko‘maklashadi. 

Yetakchi kompaniyalar vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar va master-klasslarni, shuningdek, yoshlarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar bilan innovatsion-korporativ aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida ilmiy-texnik konferensiya, seminar, o‘quv kurslari va treninglar tashkil etadi.

Texnopark Innovatsion rivojlanish vazirligi muassisligidagi hamda mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.

Urganch shahridagi «Yoshlar texnoparki» 2023 yilda ishga faoliyatini boshlashi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: