«Samarqand darvoza» majmuasi yonidagi chorrahada transport harakati qisman cheklanadi

O‘zbekiston 07:32 / 21.05.2022 2386
Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, 2022 yilning 21 may kunidan mazkur chorrahada va unda keluvchi ko‘chalar (Samarqand darvoza, Ko‘kcha darvoza, Qoratosh)da bosqichma-bosqich yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi. 

Qayd etilishicha, ish jarayonida yo‘l yopilmaydi, balki ko‘chalarda avtotransport harakati qisman cheklanadi.

Bundan oldin, aprel oyining o‘rtalarida Toshkentda “Qo‘yliq” bozori ro‘parasidagi ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklangandi.

Ko‘proq yangiliklar: