Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar hisobini yuritishda shaffoflik tamoyili joriy etiladi

O‘zbekiston 07:34 / 21.05.2022 2221

Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chmas mulk va unga taalluqli huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflik tamoyilini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Fuqarolik kodeksiga muvofiq, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuziladigan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqlar haqidagi axborotni har qanday shaxsga berishi shartligi, shuningdek, shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi munosabatlar “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi.

Belgilanishicha, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining milliy geografik axborot tizimida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ochiq ma’lumotlar asosida ommaviy geoportal yuritiladi.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ochiq ma’lumotlarni milliy geoaxborot tizimi orqali davlat va xo‘jalik boshqaruv organlariga hamda jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.

Kadastr agentligi 2023 yil 1 iyulga qadar ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ochiq ma’lumotlar asosida ommaviy geoportalni ishga tushiradi.

Ko‘proq yangiliklar: