«Inomarka»lar importi ikki baravarga oshdi

O‘zbekiston 07:43 / 21.05.2022 12079

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 21 ta xorijiy davlatlardan qiymati 280,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 12 017 ta yengil avtomobil import qilgan. 

Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6113 taga yoki 2 baravarga oshgan.

2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 21 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan. 

4 oyda O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar: 

  • Xitoy – 6100 ta
  • Koreya – 2971 ta
  • Qozog‘iston – 1849 ta
  • Rossiya – 848 ta
  • AQSh – 80 ta
  • BAA – 47 ta 
  • Yaponiya – 45 ta
  • Germaniya – 31 ta
  • Tailand – 10 ta  
  • Hongkong – 10 ta

O‘zbekiston qaysi oyda yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgani ham ma’lum bo‘ldi. 

Ular:

  • yanvar – 3037 ta
  • fevral – 2911 ta
  • mart – 2560 ta
  • aprel – 3509 ta
Ko‘proq yangiliklar: