G‘alla mavsumi uchun 4 mln tonnadan ortiq don saqlash sig‘imiga ega korxonalar ro‘yxati shakllantirildi

O‘zbekiston 07:27 / 21.05.2022 2901

Qayd etilishicha, inspeksiya tomonidan “G‘alla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risida”gi prezident qarori ijrosi bo‘yicha respublika hududlardagi bug‘doyni saqlashga mos, yopiq sig‘imlarga ega don qabul qiluvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlari belgilangan talablar asosida o‘rganilgan.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, 4 mln tonnadan ortiq don saqlash sig‘imiga ega korxonalar ro‘yxati shakllantirildi. Tegishli tashkilot va idoralarga sohada huquqbuzarliklar oldini olish yuzasidan 28 mingdan ziyod ogohlantiruvlar va 1 793ta taqdimnomalar kiritildi. Yana 847ta holatda materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun sudlarga va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Shuningdek, joriy yilning yanvar-aprel oylarida joylarda 16 ming 162 dona qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilishi texnikalari davlat ro‘yxatiga olinib, traktor va boshqa o‘ziyurar texnikalarga 11 ming 741 dona davlat raqam belgisi, 25 ming 469 dona texnik pasport, qishloq xo‘jaligi mashina va agregatlariga 6 ming 978 dona texnik guvohnoma berilgan hamda 78 ming 953 dona texnikalar majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Bundan oldin g‘allani davlat tomonidan sotib olish va sotishda bozor narxlariga o‘tilayotgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: