Davlat tibbiyot muassasalarida xalq tabobati xonalari va fitobarlar tashkil qilinadi

O‘zbekiston 07:40 / 21.05.2022 2943

Prezident “Dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra:

  • davlat tibbiyot muassasalarida, jumladan, har bir poliklinikada, dorivor o‘simliklar vositasida davolashga mo‘ljallangan xalq tabobati xonalari va fitobarlar tashkil qilinadi;
  • Toshkent tibbiyot akademiyasining klinikasi qoshida Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazining 40 o‘rinli davolash bo‘limi va hududlarda filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
  • 2022 yil 1 sentabrdan boshlab xalq tabobatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Ibn Sino ilmining bilimdonlari” tanlovi o‘tkaziladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi:

  • 2022 yil 1 iyundan boshlab samarasi isbotlangan dorivor o‘simliklarni bosqichma-bosqich tibbiy yordam ko‘rsatish standartlari va protokollariga kiritish. Bunda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yangi yaratilgan hamda ishlab chiqarishga joriy etilgan dori vositalarining tibbiyot amaliyotida keng qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida klinik protokollar, diagnostika hamda kasalliklarni davolash standartlari har olti oyda qayta ko‘rib chiqiladi;
  • uch oy muddatda barcha davlat tibbiyot ta’lim muassasalarida dorivor o‘simliklar va xalq tabobati bo‘yicha ta’lim berishga yo‘naltirilgan kafedralarni tashkil etish bo‘yicha taklif kiritish;
  • shifokorlarni dorivor o‘simliklar va xalq tabobati usullari asosida davolash bo‘yicha qayta tayyorlash va ixtisoslashtirishni hamda terapevt, umumiy amaliyot va oilaviy shifokorlarni tayyorlashda chuqurlashtirilgan o‘qitishni tashkil etish;
  • davlat tibbiyot muassasalarida, jumladan, har bir poliklinikada dorivor o‘simliklar vositasida davolashga mo‘ljallangan xalq tabobati xonalari va fitobarlarni tashkil qilish;
  • Toshkent tibbiyot akademiyasining klinikasi qoshida Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazining 40 o‘rinli davolash bo‘limi va hududlarda filiallari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
  • 2022 yil 1 sentabrdan boshlab xalq tabobatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Ibn Sino ilmining bilimdonlari” tanlovini o‘tkazish;
  • tibbiyot amaliyotida samarasi isbotlangan va asosiy dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan dorivor o‘simliklar va ulardan tayyorlangan dori vositalarining davlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan xarid qilinishi choralarini ko‘radi.
Ko‘proq yangiliklar: