Chirchiqda 80 gektar yer maydonida o‘rmon tipidagi istirohat bog‘i barpo etiladi

O‘zbekiston 07:24 / 21.05.2022 3056

“Nigoh” telegram kanali xabar berishicha, hujjatga ko‘ra, istirohat bog‘i va dam olish maskani aholining dam olishi uchun qulay bo‘lgan, daraxtzorlar bilan qoplanadi.

Shuningdek, bolalar shaharchasi, eko-ferma (hayvonot bog‘i), skeyt-park, sun’iy tirmashish qoyasi, turli xildagi sport maydonchalari va attraksionlar barpo etiladi.

Bundan tashqari, yugurish va veloyo‘laklar, tabiiy amfiteatr maydoni qurilishi ham rejalashtirilgan.

Avvalroq prezidentning “Toshkent viloyatida "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingandi.

Toshkent viloyati hokimligi, "O‘zkimyosanoat" AJ va Tatariston prezidenti ma’muriyati bilan bir qator kelishuvlarga, jumladan "Ximgrad" AJ (Tatariston) bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkini  tashkil etish haqida kelishuvga erishilgan.

"O‘zkimyosanoat" AJning boshqaruvi qaroriga asosan MChJ shaklidagi "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparki direksiyasi tashkil qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: