Belarus Ukrainadan don eksportida yordam berishi evaziga sanksiyalardan qutulishi mumkin 

Jahon 08:11 / 21.05.2022 15450

AQSh rasmiylari va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish, agar rasmiy Minsk Ukrainadan Yevropa ittifoqiga don eksport qilishda yordam bersa, Belarus o‘g‘it ishlab chiqaruvchilariga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha bekor qilish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda 20 may, juma kuni The Wall Street Journal (WSJ) xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Ukraina donining Belarus orqali temiryo‘lda Litvaning Klaypeda portiga yetkazilishi evaziga olti oyga sanksiyalarni bekor qilish taklif etilmoqda. Antoniu Guterrish, WSJ’ning ta’kidlashicha, Ukrainadan g‘alla eksporti uchun dengiz yo‘lagi yaratish bo‘yicha ham muzokaralar olib borishga harakat qilmoqda. Shu maqsadda BMT Moskva, Anqara va Kiyev bilan ham muzokaralar o‘tkazmoqda. Ushbu variant ham Rossiya va Belarus o‘g‘itlarini eksport qilishni osonlashtiradi.

Ukraina don yetishtirish bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi. Urush boshlanganidan va Rossiya qo‘shinlari Qora dengiz portlarini to‘sib qo‘ygandan so‘ng, mamlakatdan g‘alla eksporti deyarli imkonsiz bo‘lib qoldi va shuning uchun don mahsulotlari narxi tez ko‘tarila boshladi. Mutaxassislar dunyodagi eng og‘ir oziq-ovqat inqirozini kutmoqda. AQSh ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina elevatorlarida o‘tgan yilgi 20 million tonna don bor. 

O‘g‘it ishlab chiqarish Belarus budjeti uchun eng muhim daromad manbai hisoblanadi. Qo‘shma Shtatlar migratsiya inqirozi va muxolifatning ta’qibiga javoban 2021 yilda Belarus kaliy sanoatiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Boshqa tomondan, Rossiya mineral o‘g‘itlaridan AQShning cheklov choralari olib tashlandi - ular hayotiy mahsulotlar va tovarlar ro‘yxatiga kiritildi. 

Ko‘proq yangiliklar: