Kann festivalida Yevropa jurnalistlari assotsiatsiyasi bilan memorandum imzolandi

O‘zbekiston 19:00 / 20.05.2022 4756

Kann kinofestivali maydonchasida Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Milliy PR-markaz va Yevropa jurnalistlari assotsiatsiyasi o‘rtasida bir qator kelishuvlarga erishildi.

18 maydan 22 mayga qadar 75-Xalqaro Kann festivali doirasida O‘zbekiston Milliy paviloni namoyish etiladi. Uning yonida boshqa davlatlar, xususan, AQSh, Xitoy, Avstriya kabi mamlakatlar milliy pavilonlari joy olgan. 

Foto: Uzbekistan’s club matbuot xizmati

Pavilon ishi davomida  Yevropa jurnalistlari assotsiatsiyasi rahbarlaridan biri Dirk Vandereyken bilan loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Assotsiatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurishga katta qiziqish bildirdi, o‘tkazilayotgan islohotlar bilan tanishish hamda turistik salohiyatni oshirish maqsadida O‘zbekistonga yetakchi Yevropa nashrlari jurnalistlarining press-turlarini  tashkillashtirishga oid kelishuvga erishildi.  

Foto: Uzbekistan’s club matbuot xizmati

Shuningdek, Yevropa jurnalistlari assotsiatsiyasini iyun oyida Berlinda, iyul oyida esa Parijda O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi ko‘magida o‘tkaziladigan «Yangi O‘zbekiston» forumlarini tashkil etishga jalb qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Dirk Vandereyken ushbu tadbirni yoritish uchun ko‘plab Yevropa jurnalistlarini jalb qilishda ko‘maklashishga va’da berdi. Bundan tashqari, tomonlar Orol dengizi muammosini ilgari surish uchun «Ertangi kun» musiqiy klipining ingliz tilidagi versiyasini yaratishda Yevropa jurnalistlari assotsiatsiyasining ko‘magi masalasini muhokama qilishdi. O‘zbekiston xalq artisti Jyenisbek Piyazov va «Elektrooko» guruhi ishtirokidagi mazkur klip 2021 yilda «Zamin» fondi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan yaratilgan.

Foto: Uzbekistan’s club matbuot xizmati

Muzokaralar yakunida Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Milliy PR-markaz va Yevropa jurnalistlari assotsiatsiyasi o‘rtasida muhokama qilingan maqsadlarni mustahkamlovchi memorandum imzolandi.

 Uzbekistan’s club matbuot xizmatiⓉ

Ko‘proq yangiliklar: