JSST maymun chechagi kasalligi tarqalishi avj olgani sababli ekspertlarning favqulodda yig‘ilishini chaqiradi 

Jahon 16:30 / 20.05.2022 14216

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymun chechagi kasalligi tarqalishi avj olganini muhokama qilish uchun ekspertlarning favqulodda yig‘ilishini chaqiradi, deb xabar berdi Telegraph gazetasi.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda kasallikning tarqalish yo‘llari, uning besoqolbozlar o‘rtasida tarqalishi mavzulari muhokama qilinadi.

Maymun chechagi kasalligi bir necha mamlakatlar, xususan, Britaniya, Ispaniya, Belgiya, Fransiya, Shvetsiya, Italiya, Avstraliya va Kanadada aniqlandi.

Maymun chechagi – bezgak, umumiy intoksikatsiya, mushaklarda og‘riq va terida toshmalar paydo bo‘lishi alomatlariga ega kasallik.

Ko‘proq yangiliklar: