Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Vashingtonda Finlandiya va Shvetsiya yetakchilarini qabul qildi
AQSh prezidenti Jo Bayden 19 may kuni Finlandiya prezidenti Sauli Niiniste va Shvetsiya bosh vaziri Magdalena Anderssonni qabul qildi. Uchrashuvda ikki davlatning NATOga qo‘shilish masalasi muhokama qilindi.

Foto: New York Post
Osiyo turnesini boshlashidan bir necha soat oldin Finlandiya va Shvetsiya yetakchilarini qabul qilgan Bayden ularning NATOga kirishini qat’iy qo‘llab-quvvatlab, ikki davlatning alyansga kirish qarorini tarixiy deb atadi.
«Finlandiya va Shvetsiya NATOning barcha talablariga javob beradi. Ularning alyansga kirishi Yevropa xavfsizligi uchun burilish nuqtasi bo‘ladi. Ochig‘ini aytaman, NATOga yangi a’zolarning qo‘shilishi hech bir davlatga xavf tug‘dirmaydi, bu mudofaa alyansi», dedi Bayden.
Uzoq yillar neytral harbiy pozitsiyada bo‘lgan Finlandiya hamda Shvetsiya fevral oyi oxirida Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach, o‘z xavfsizligini ta’minlash maqsadida NATOga kirish haqida o‘ylay boshladi. Ayni damda ikki davlat ham alyansga kirish uchun rasman ariza topshirgan. Hozircha Turkiya hamda Xorvatiya bu ikki davlatning NATOga kirishiga qarshi ekanini bildirgan. Turkiya bu borada o‘z shartlarini ham ma’lum qildi.
Finlandiya prezidenti Oq uydagi matbuot anjumanida mamlakatning Turkiya bilan hech qanday muammosi yo‘qligini aytdi: «Finlandiya doim Turkiya bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan va bundan faxrlanamiz. NATO doirasida ittifoqchiga aylansak, Turkiyaning xavfsizligini ham qo‘llab-quvvatlaymiz. O‘z navbatida terrorizm mavzusiga jiddiy qaraymiz. Terrorizmning har qanday ko‘rinishini qoralab, unga qarshi kurashamiz. Bizning a’zoligimiz Turkiyada qandaydir muammolar tug‘dirsa, buni o‘zaro muhokama qilishga tayyormiz», dedi Sauli Niiniste.
Oldinroq Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an Finlandiya hamda Shvetsiya terrorizmni qo‘llab-quvvtlashini iddao qilgandi. Erdo‘g‘anga ko‘ra, Shvetsiya Turkiyaga terrorchi guruh vakillarini topshirshni istamagan.
Oq uydagi uchrashuvda Jo Bayden Kongressga Finlandiya hamda Shvetsiyaning NATOga a’zoligini tezlashtirish uchun kerakli hujjatlarni topshirishini aytdi. Keyinroq NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ham alyans ikki davlatning a’zolik masalasini tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Tramp o‘zining Ukrainaga ilk harbiy yordamini tayyorlamoqda
Jahon | 12:59
-
Dunyodagi eng qimmatbahosi. Hermès aktrisa Jyeyn Birkin uchun tayyorlagan sumka 10 mln dollarga sotildi
Jahon | 12:14
-
Qozog‘istonda o‘ta xavfli kasallik, 10 yillik vizadan mahrum qirg‘izlar va ruslarga berilmaydigan pasport
Jahon | 12:14
Mavzuga oid

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34 / 12.07.2025
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17 / 12.07.2025
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32 / 12.07.2025