Xarkov atrofida harbiy harakatlar, «Azovstal»dan chiqqan yarador asirlar. Urush suratlari

Jahon 14:54 / 19.05.2022 29571
AQSh elchixonasi xodimlari Kiyevdagi elchixona hovlisida mamlakat bayrog‘ini yuqori ko‘tarmoqda. Elchixona fevral oyida Lvovga ko‘chirilgandi
AP Photo/Efrem Lukatsky

Ukrainadagi urush, so‘nggi ma’lumotlar

  • Yevropa Ukrainaga yana 9 mlrd yevro va «Marshall rejasi» taklif etmoqda. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Ukraina ayni vaqtda oldingi chiziqda turib yevropacha qadriyatlarni muhofaza qilayotgani, Yevropa esa urush davomida ham, undan keyin ham ukrainlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini aytgan. Rossiya armiyasi bosqini oqibatlarini bartaraf etish uchun YeIga ittifoqchilar ham yordam berishi zarurligi ta’kidlab o‘tilgan.
  • Ukraina armiyasi bosh shtabi ukrain harbiylari Xarkov yaqinidagi Dementeyevka qishlog‘ini ozod etishgani haqida xabar berdi. Bu qishloq Xarkovdan shimoldagi trassa bo‘yida joylashgan, bu trassa chegaraga va undan Belgorodga olib boradi.
  • Rossiya vitse-premeri Marat Xusnullin Ukraina yerlari annexiasi istiqbollari haqida gapirdi. U Ukrainaning bosib olingan Melitopol shahrida turib barcha egallangan hududlarda (Xusnullin ularni ozod etilgan hududlar deb atadi) Rossiya rubl aylanmasini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgani, Zaporojye AES esa Rossiya uchun ishlashini aytib o‘tdi.
  • BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, urush boshidan buyon Ukrainada tinch aholi vakillaridan 3778 kishi halok bo‘lgan (so‘nggi bir kunda qurbonlar soni 26 kishiga oshgan), 4186 kishi yaralangan (so‘nggi bir kunda 124 kishi).
  • Rossiya mudofaa vazirligi so‘nggi bir kunda «Azovstal»da yana 771 nafar ukrainalik harbiy asir tushganini xabar qildi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, dushanba kunidan buyon taslim bo‘lgan ukrainalik harbiylar soni 1730 nafarni tashkil etgan, shundan 80 nafari yaradorlar. Ukraina tomoni birinchi kuni 260 dan oshiq, ikkinchi kuni 300 nafardan oshiq harbiylar zavod hududidan chiqqani, ularning 100 dan ortig‘i og‘ir yaradorlar ekani haqida xabar bergandi, uchinchi kuni qancha harbiy taslim bo‘lgani xabar qilinmadi. Rossiyaning Rostov oblastidagi nashrlar esa «Azov» polkining asirga tushgan jangchilari Donetskdan Rostov va Taganrogdagi qamoqxonalarga olib ketilgani haqida xabar tarqatdi.

Quyida 18 may kuni Ukrainaning turli hududlaridan olingan suratlar.

Donbass shimoli

Severodonetskdagi uy yerto‘lasida uxlayotgan kishi
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Otishma vaqtida uy yerto‘lasiga tushib olgan 66 yoshli ayol
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
88 yoshli Klaudiya Pushnir Severodonetskka minomyot zarbalari vaqtida yerto‘laga yashiringan
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
66 yoshli Anna Poladyuk ko‘chada ovqat tayyorlamoqda, ammo minomyot zarbalari ovozini eshitishi bilan pod’yezd ichiga qochishga shoshiladi. Severodonetsk
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Oti oldida o‘tirgan keksa yoshli kishi. Severodonetsk
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Asirlikdagi ukrain harbiylari himoya kostyumlarida quroldoshlarining jasadlarini yig‘moqda, Varvarovka qishlog‘i (LXR kuchlari nazoratiga o‘tgan)
Aleksandr Reka / TASS
Qutqaruvchilar Baxmutda rossiyaliklar zarbasidan vayron bo‘lgan turar joy binosida ishlamoqda, Donetsk
AP Photo/Andriy Andriyenko

Mariupol 

Vayron bo‘lgan Mariupolning markaziy rayoni havodan ko‘rinishi
Andrey Borodulin / AFP / Scanpix / LETA
DXR kuchlari nazoratiga o‘tgan Mariupolda vayron bo‘lgan uy oldidan o‘tayotgan keksa yoshli ayol
AP Photo/Alexei Alexandrov
Ukrainalik harbiylar «Azovstal»dan chiqishi
Russian Defense Ministry Press Service via AP
RF mudofaa vazirligi chorshanba kuni e’lon qilgan videoda rossiyalik harbiy xizmatchi «Azovstal» hududidan chiqib kelgan ukrainalik yarador askarni tintuv qilayotgani aks etgan
Russian Defense Ministry Press Service via AP
DXR harbiysi Mariupoldagi «Azovstal» zavodi yaqinida asirlar olib chiqilishi jarayonini kuzatmoqda. Foto: AP Photo
Novoazovskdagi hospitalda yotgan ukrain harbiy asiri
Russian Defense Ministry Press Service via AP

Kiyev

Sumi oblastida harbiy harakatlar chog‘ida halok bo‘lgan Aleksandr Shelipovning bevasi Katerina Shelipova uning erini o‘ldirishda ayblanayotgan 21 yoshli rossiyalik harbiy Vadim Shishimarin ustidan sud jarayoni vaqtida.
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyalik harbiy Vadim Shishimarin Kiyevdagi sudda. Asirlikdagi soldat Sumi oblastida 62 yoshli Aleksandr Shelipovni o‘ldirishda ayblanmoqda, tergov ma’lumotiga ko‘ra, uni rossiyalik harbiylar ko‘chada telefonda gaplashayotgan holda uchratishgan. Shishimarin bu qotillikdagi aybini tan olgan, unga umrbod qamoq jazosi tahdid solmoqda.
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Xarkov oblasti 

Olhovkadagi maktab sinfxonasida yonib ketgan stullar qoldiqlari. Yaqin vaqtgacha bu yer front chizig‘ida edi.
John Moore / Getty Images
Ukrainalik harbiy xizmatchilar rossiyalik harbiylarning Xarkov oblasti sharqidagi pozitsiyalarini minomyotlardan o‘qqa tutmoqda
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Malaya Rohan aholisi qazigan qabrda «Bu yerga rossiyalik okkupant ko‘milgan» yozuvi tushirilgan taxtacha
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatchi Malaya Rohanda halok bo‘lgan rossiyalik harbiylarning jasadlarini eksgumatsiya qilish jarayonida
AP Photo/Andrii Marienko
Xarkov yaqinidagi Malaya Rohan qishlog‘i hududida ukrainalik sudmedekspertlar tomonidan topilgan avtomat (rossiyaliklarniki)
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik o‘smirlar Malaya Rohandagi xarobalar ustida
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
85 yoshli Aleksey Pshenichnix Olhovkadagi urush vaqtida vayron bo‘lgan uyida dam olmoqda, bu hudud yaqin vaqtgacha rossiyalik harbiylar okkupatsiyasida edi
John Moore / Getty Images

 

Ko‘proq yangiliklar: