Toshkentdagi bozorlarda sotilayotgan 6,8 tonna go‘sht va go‘sht mahsulotlari yaroqsiz ekani aniqlandi

O‘zbekiston 07:37 / 19.05.2022 8587

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Toshkent shahri dehqon bozorlaridagi 30,6 ming tonna go‘sht, 103 ming tonna o‘simlik mahsulotlari, 163,8 mln dona tuxum, 6,6 ming tonna sut va sut mahsulotlari veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi tomonidan laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilgan

Aniqlanishicha, 6,8 tonna go‘sht va go‘sht mahsulotlari, 43,5 tonna o‘simlik, 89 ming dona tuxum, 4,7 tonna sut va sut mahsulotlari iste’molga yaroqsiz bo‘lgan va ushbu mahsulotlar savdodan chetlashtirilgan hamda zararsizlantirib yo‘qotilgan.

Davlat veterinariya xizmati ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda 58 holatda amaldagi qonun talablari va normalarining buzilish holatlarida jami 12 tonna go‘sht va go‘sht mahsulotlari iste’molga yaroqsizligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda zararsizlantirilgan.

Davlat veterinariya xizmati tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida aholi xonadonlarida parvarishlanayotgan 563 ming bosh sigir va tanalar sun’iy urug‘lantirilib, 7,3 mlrd so‘mlik pulli veterinariya xizmatlari ko‘rsatildi.

Ko‘proq yangiliklar: