Shols Ukrainaga qarshi urushda Rossiya g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi 

Jahon 14:58 / 19.05.2022 10292

"Shafqatsiz hujumga uchragan mamlakatning mudofaasiga yordam berish eskalatsiya emas. Bu hujumni qaytarish va shu bilan zo‘ravonlik tezroq tugashiga hissa qo‘shishdir", - dedi Shols. 

Germaniya kanslerining so‘zlariga ko‘ra, u ham boshqalar kabi Ukrainada urush davom etayotganidan tashvishda.

"Barchamizni bir maqsad birlashtiradi – bu urushda Rossiya g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslik. Ukraina dosh berishi kerak", - deb ta’kidladi u.

Olaf Shols Ukrainani tiklash bo‘yicha Yevropa jamg‘armasini tashkil etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.

Uning fikricha, Bryussel hozirdanoq fond tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini boshlashi kerak.

Shols Ukrainaning Yevroittifoqqa a’zo bo‘lish mavzusiga to‘xtalar ekan, Kiyevning arizasi bo‘yicha tezkor qaror kutmaslik kerakligini aytdi. 

Ko‘proq yangiliklar: