Qashqadaryoda bu yil 140 ming gektar yerga g‘alla ekilgan

O‘zbekiston 19:15 / 19.05.2022 5992

Viloyatda joriy yilda 26 ta g‘allachilik klasterlari tashkil qilinib, 2022 yil hosili uchun 140 ming gektar suvli maydonlarda 6600 nafar fermer xo‘jaliklari bilan fyuchers shartnomasi asosida boshoqli don hosili yetishtirilmoqda. 

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati

Bugun Qarshi tumanida o‘tkazilgan seminarda ishtirok etgan viloyat hokimi Murodjon Azimov g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida har 2-3 ta kombaynni bittadan otryadga biriktirib, 176 ta otryadlar tashkil etilganini ta’kidlab, otryad rahbari, o‘rinbosari va a’zolarining aniq vazifalari nimalardan iboratligini aytib o‘tdi. 

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati

Qarshi tumani g‘allakorlari joriy yil 14000 gektar yerga don qadab, 110426 tonna hosil olishni reja qilgan.

Joriy yilda har yilgidan farqli ravishda, asosiy maqsad o‘rim muddatini kamida 10 kunga qisqartirishdan iborat bo‘lib, buning uchun g‘alla o‘rim-yig‘imini uyushqoqlik bilan o‘tkazgan holda 25-30 kunda to‘liq o‘rib-yig‘ib olish choralari ko‘riladi.

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati
Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati
Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati
Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati

Ma’lumot o‘rnida, ushbu yilda viloyatda mirishkorlarning mashaqqatli mehnati evaziga yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmay yig‘ishtirib olish uchun har bir kombaynga 2 nafardan operatorlar, 1738 ta yuk tashuvchi avtomobillar, 118 ta ustaxonalar, va 67 ta yoqilg‘i tashish vositalari jalb qilingan.

 

Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: