«Prava»ni almashtirish muddati uzaytirilishi DXMga haydovchilar oqimini 10 barobardan ko‘proq kamaytirdi - Adliya vazirligi 

O‘zbekiston 16:01 / 19.05.2022 4538

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, dastlab haydovchilik guvohnomalari va transport vositalari ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomalarni almashtirishni 2020 yil 31 dekabrgacha yakunlash rejalashtirilgan edi. Jumladan, 2020 yilning bahorida muddat bir yilga, 2021 yilning noyabrida esa 2022 yilning oxirigacha uzaytirildi.

Davlat xizmatlari markazlari faoliyati monitoring qilinganda, haydovchilik guvohnomalarini almashtirish bo‘yicha murojaatlar soni uzaytirishdan so‘ng sezilarli darajada kamayganini ko‘rsatdi. 

Misol uchun, guvohnomalarni almashtirish muddati mart oyigacha belgilanganida Chilonzor tumani davlat xizmatlari markaziga kuniga 500-700 nafar fuqaro murojaat qilgan.

Biroq, guvohnomalarni almashtirish muddati uzaytirilishi haydovchilar oqimining 10 barobardan ko‘proq kamayishiga olib keldi. Bu, ayniqsa, Andijon tumani Davlat xizmatlari markazi misolida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Agar fevral oyida 2577 nafar fuqaro, mart oyida esa 2723 nafar fuqaro markazga murojaat qilgan bo‘lsa, aprel oyida ularning soni 1103 nafarni, may oyining birinchi yarmida esa 100 nafarni tashkil etgan.

Bugungi kunda, haydovchilik guvohnomalarini almashtirish jami 74 ta punktda, shundan, 25 tasi Davlat xizmatlari markazlarida, 49 tasi yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlarida faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023 yilning apreliga qadar har kuni o‘rtacha 120-150 kishi xizmatga murojaat qilgan taqdirda, qolgan eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini almashtirishni navbatlarsiz  yakunlash mumkin bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: