Indoneziya o‘simlik moyi eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qiladi 

Jahon 17:46 / 19.05.2022 3815

Indoneziya mamlakatdan o‘simlik moyini eksport qilishga qo‘yilgan taqiqni bekor qiladi, dedi Indoneziya prezidenti Joko Vidodo.

"Hukumat 23 maydan boshlab o‘simlik moyi eksportini ochadi", - dedi u.

"Shu bilan birga, o‘simlik moyi distributsiyasida ehtimoliy qonunbuzilishlarni hisobga olib, huquqni muhofaza qilish organlariga surishtiruv o‘tkazish va aybdorlarni jazolashga buyruq berdim", - deya qo‘shimcha qildi Vidodo.

Mamlakat hukumati 28 aprelda o‘simlik moyi eksportini taqiqlagandi.

Indoneziya palma moyi ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi.

Ko‘proq yangiliklar: