Alisher Usmonov Irina Viner bilan ajrashmoqda

Jahon 19:13 / 19.05.2022 75994

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov 30 yillik nikohdan keyin turmush o‘rtog‘i Irina Viner bilan ajrashmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bergan.

Manbada aytilishicha, Moskvadagi tinchlik sudi Usmonov da’vogar sifatida qayd etilgan ajrim ishini 7 iyun kuni ko‘rib chiqadi. Bu ma’lumotni sud axborot xizmati «RIA Novosti»ga tasdiqlagan.

Ajrimning sabablari haqida aytilmagan. Usmonov va Viner 1992 yilda turmush qurgan.

Alisher Usmonov 1953 yil O‘zbekistonning Namangan viloyatida tug‘ilgan. 2021 yil uning boyligi 16 milliard dollardan ko‘proqqa baholangan va Rossiyaning eng boy odamlaridan biri hisoblanadi. Ukrainada urush boshlangach, G‘arb sanksiyalariga uchradi.

Irina Viner 1948 yil O‘zbekistonning Samarqand shahrida tug‘ilgan. Badiiy gimnastika bo‘yicha mashhur murabbiy hisoblanadi. Yoshligida qilichbozlik bilan shug‘ullangan Usmonov va badiiy gimnastika bilan shug‘ullangan Irina Viner Toshkentda tanishishgan. Keyinchalik Moskvada qayta uchrashgan juftlik 1992 yilda turmush qurgan. Ularning farzandi yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: