2022 yil O‘zbekistonda 2,5 ming kilometrdan ortiq uzunlikdagi sement-beton qoplamali ichki yo‘llar quriladi

O‘zbekiston 13:11 / 19.05.2022 5081

Hujjatda qayd etilishicha, sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash ishlari klaster usulida amalga oshiriladi.

Quriladigan yo‘llar ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan shakllantirilib, deputatlar tomonidan tasdiqlanadi. Jarayonda sektorlar rahbarlarining joylarda jamoatchilik fikri va talabini inobatga olish ham nazarda tutilgan.

Shuningdek, qarorga ko‘ra, loyiha tashkilotlarini jalb etish, mas’ul tashkilotlar bilan texnik shartlarni kelishish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ularni davlat ekspertizasidan o‘tkazishni tashkil etish ishlari buyurtmachi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari hamda shakllantirilgan narxlar “Shaffof qurilish” elektron platformasi orqali davlat ekspertizasidan o‘tkaziladi.

Klaster usulida sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish ishlarini amalga oshiruvchi bosh pudratchi tashkilot eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali aniqlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: