Kiyev atrofi minalardan tozalanmoqda, «Azovstal» himoyachilari asir tushmoqda. Urush suratlari

Jahon 14:54 / 18.05.2022 35262
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va rafiqasi Olena Zelenskaya mamlakatning birinchi prezidenti Leonid Kravchukning dafn marosimida qatnashmoqda. Kravchuk sovetlar ittifoqi parchalanishida ishtirok etgan va Ukraina mustaqilligini e’lon qilgan. U 10 may kuni 88 yoshida vafot etdi. Foto: AP Photo/Evgeniy Maloletka

Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar

  • O‘tgan kunda yana 300 nafardan ortiq ukrain askari Mariupoldagi «Azovstal» zavodidan chiqdi. Ukraina prezidenti buni mudofaani ikki oy mobaynida ushlab turgan «harbiylarni qutqarish amaliyoti» deb atagan, Rossiya hukumati esa bunga kapitulyatsiya deb baho bermoqda. «Azovstal» mudofaachilari Donetsk yaqinidagi Olenevka posyolkasida joylashgan qamoqxonaga yetkazilgan. Ularning orasida - 50 nafar atrofida og‘ir yaradorlar bor. Bir kun oldin 260 dan ortiq harbiy asirga tushgandi.
  • Kiyevda rossiyalik harbiy xizmatchi, Sumi oblastida qurolsiz tinch aholi vakilini o‘ldirishda ayblanayotgan Vadim Shishimarin ustidan sud jarayoni davom ettirilmoqda. Bu Ukraina hududida sodir etilgan jinoyat uchun sud qilinayotgan ilk RF armiyasi harbiysidir.
  • Shvetsiya va Finlandiya NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi. Rasmiy javobni bir necha hafta kutish kerak bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra, yangi a’zolar qabul qilinishini alyansning barcha 30 a’zosi ma’qullashi kerak. Hozircha bunga Turkiya qarshi bo‘lib turibdi, ammo bu borada muzokaralar olib borilmoqda, Bryussel va NATO bu muammo bo‘lmasligini aytmoqda.
  • Kun avvalida Dnepr bo‘ylab raketa zarbalari yo‘llandi, natijada, mahalliy rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, transport infratuzilma obekti va turar joy binosini vayron qilgan, Dnepr oblasti ma’muriyatiga ko‘ra, raketalardan biri havo hujumidan mudofaa tizimi orqali tutib qolingan. Shuningdek Nikolayevdagi portlashlar haqida xabarlar bor.
  • Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIG) rossiyalik gimnast Ivan Kulyakni bir yilga diskvalifikatsiya qildi, u mart oyida Dohada o‘tkazilgan Jahon kubogida taqdirlash marosimida Rossiyaning Ukrainadagi urushi ramziga aylangan Z belgisi qo‘yilgan formada chiqqandi.

Quyida 17 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Kiyev va Kiyev oblasti

Kiyevlik ayol farzandi bilan shahar parkida qazilgan okop yaqinida kabutarlarni oziqlantirmoqda. Rossiyalik harbiylar poytaxt atrofidan chekinganidan buyon Kiyevga asta-sekin odatiy hayot qaytmoqda
Christopher Furlong / Getty Images
Ukraina Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati (GSChS) Borodyanka yaqinidagi xo‘jalik hududini minalardan tozalamoqda. Dneprning o‘ng qirg‘og‘idagi bu shahar rossiyalik harbiylarning artilleriya zarbalaridan jiddiy shikastlangan, 1 aprel kuni ozod etilgan.
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik sapyorlar borodyankalik kishi ortidan o‘rmonga ketmoqda, mahalliy aholi vakili ularni portlamay qolgan snaryad oldiga olib ketmoqda. Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Sapyorlar Borodyanka atrofidagi o‘rmonda rossiyalik harbiylar tomonidan uchirilgan raketa qoldiqlarini olib ketishmoqda.
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Borodyanka atrofidan topilgan va portlamay qolgan minalar va snaryadlar yo‘q qilinmoqda
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkov oblasti 

Frontga yaqinda safarbar etilgan ukrainalik harbiy qurollarni yig‘ish, qismlarga ajratish va tozalash bo‘yicha videoko‘rsatmani tomosha qilmoqda. Foto: John Moore / Getty Images
Ukraina qurolli kuchlari harbiylari front chizig‘i yaqinidagi uchastkada soch-soqollarini olishmoqda
John Moore / Getty Images
Ukrainalik harbiy xizmatchilar ukrain tilida «Ukrainaga shon-sharaf» va «Dushmanga o‘lim» yozuvlari tushirilgan bayroqni hilpiratib o‘tishmoqda. Foto: ​​​​​​AP Photo/Bernat Armangue

Mariupol. «Azovstal» himoyachilarining asirlikka tushishi

Rossiya konvoyi ukrainalik harbiylar avtobusiga hamrohlik qilmoqda. Ukraina Bosh shtabi buyrug‘iga ko‘ra, ular asirga tushgan — ular himoya qilgan «Azovstal» zavodi so‘nggi haftalarda muntazam ravishda shturm qilingandi. Bu rossiyaliklar tomonidan egallangan Mariupolda ukrainlarning so‘nggi qarshilik o‘chog‘i bo‘lib qolayotgandi. So‘nggi ikki kun davomida yuzlab ukrain harbiylari asir tushishdi. Ularning barchasi DXR nazoratidagi hududga olib o‘tilmoqda. Foto: Alessandro Guerra / EPA / Scanpix / LETA
«Azovstal»dan chiqqan ukrain harbiylari DXR kuchlari nazoratidagi Olenovkada joylashgan qamoqxonaga olib ketilmoqda. 17 mayga o‘tar kechasi 260 nafardan ortiq harbiy olib chiqilgan, shundan 50 dan ortig‘i og‘ir yaradorlar - ular shifoxonaga joylashtirilgan. Foto: AP Photo
Ukrainalik harbiy xizmatchilar Olenovkadagi qamoqxonaga olib ketilmoqda. Ularning taqdiri qanday kechishi noma’lum. AP Photo
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Alexei Alexandrov / AP / Scanpix / LETA
Alessandro Guerra / EPA / Scanpix / LETA
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
«Azovstal» mudofaasidan keyin rossiyalik harbiylarga taslim bo‘lgan ukrainalik yaralangan harbiy.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik ayollar Xitoyning Pekindagi elchixonasi oldida piket uyushtirishdi. Mariupol mudofaachilarining onalari va rafiqalari Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an hamda XXR raisi Si Jinpingni qamalda qolgan ukrain jangchilarini qutqarishda yordam berishga chaqirmoqda.

Donbass shimoli

Ukrainaning o‘ziyurar gaubitsasi Donetsk oblastidagi Sidorovo qishlog‘idagi daladan o‘tmoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Sidorovo qishlog‘ida yashovchi 84 yoshli biologiya professori Aleksey Polyakov va uning rafiqasi Galinaning oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan yerto‘lasiga kirish joyi, hozirda bu joydan ular bombapanagoh sifatida foydalanishmoqda.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Polyakovlar oilasi o‘zlari qurgan bombapanagohda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Sidorovo qishlog‘ida yashovchi ayol qutqaruvchilar zarbalardan vayron bo‘lgan maktab hududini tozalashini kutmoqda. Bino xarobalari ostida uning turmush o‘rtog‘i qolib ketgan bo‘lishi mumkin.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: