EPSILON (EDC): Ayzovat konidagi burg‘ilangan yangi quduq kuniga 300 ming kubmetr hajmda gaz bera boshladi

O‘zbekiston 11:51 / 18.05.2022 6244

Joriy yilning 18 may kuni  Qashqadaryo viloyati, Ayzovat konining 18-sonli izlov qudug‘ida burg‘ilash ishlari yakunlangach, undan sanoat miqyosidagi gaz oqimi olindi.

Olinayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish uchun 19 may kuni mazkur quduq gaz uzatish tizimiga ulanadi.

Ta’kidlash joizki, barcha ishlar o‘rnatilgan sanitariya-epidemiologiya hamda ekologiya me’yorlariga rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: