Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI G‘azo, G‘arbiy qirg‘oq va Sharqiy Quddus uchun 25 mln yevro ajratadi
YeK bayonotida aytilishicha, hozirda Falastinning besh million aholisidan 2,1 mln nafari gumanitar yordamga muhtoj.

Foto: Anadolu Agency
Yevropa ittifoqi G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘i va Sharqiy Quddusdagi falastinliklar uchun 25 mln yevro miqdorida gumanitar yordam ajratadi.
Yevrokomissiya o‘z bayonotida falastinliklarga nisbatan xalqaro gumanitar huquq me’yorlariga og‘ishmasdan rioya qilishga chaqirgan.
Shuningdek, Yevrokomissiya falastinliklarning o‘z uylaridan majburan ko‘chirilishi hamda anklav hududidagi maktab va infratuzilma obektlarining buzilishini qoralagan.
YeK bayonotida aytilishicha, hozirda Falastinning besh million aholisidan 2,1 mln nafari gumanitar yordamga muhtoj.
Bundan tashqari, mintaqa aholisining 63 foiziga u yoki bu shaklda gumanitar yordam berish zarur.
Mavzuga oid

14:07 / 12.07.2025
Mers Ukrainaning tiklanishi uchun zarur shartlarni sanab o‘tdi

08:34 / 11.07.2025
YeI asosiy xomashyoni zaxiralab qo‘yishga chaqirdi

18:26 / 10.07.2025
Yevrokomissiya Zelenskiy ishtirokidagi muzokaralarni yozib olgan tarjimonni chetlatdi - Le Monde

14:11 / 08.07.2025