Turkiya armiyasi uchuvchisiz boshqariladigan vertolyotlar bilan qurollanadi 

Jahon 15:19 / 16.05.2022 8714

Turkiya armiyasi bir yil ichida razvedka, jangovar soqchilik, qurol va yuk tashishda foydalaniluvchi uchuvchisiz boshqariladigan vertolyotlar bilan ta’minlanadi, deb xabar berdi Milliyet gazetasi.

Nashrning ma’lumot berishicha, sun’iy ongga ega bo‘lgan ilk ana shunday vertolyotdan yaqin kunlar ichida terrorizmga qarshi kurashda foydalaniladi.

Bunday vertolyotlar, ayniqsa Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh hududlarida kerak bo‘ladi, deb yozadi Milliyet.

Ishlab chiqaruvchilarning ma’lumotiga ko‘ra, bunday vertolyotlarning dronlarga nisbatan ustun tarafi – ulardan har qanday ob-havo sharoitida ucha olishida. Vertolyotni ishlab chiqqan TITRA kompaniyasi vakilining aytishicha, uchuvchisiz vertolyotdan o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish, qishloq xo‘jaligi, fuqarolik obektlarini qo‘riqlashda ham foydalansa bo‘ladi.  

Uchuvchisiz boshqariladigan vertolyotning og‘irligi 250 kg bo‘lib, u shuncha yukni ko‘tara oladi. Vertolyot havoda 8 soatgacha turishi va 6,5 km balandlikda parvoz qilishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: