Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lanka bosh vaziri mamlakatda bir kunga yetadigan benzin qolganini aytdi
Ranil Vikremesingxening qayd etishicha, "moliya vazirligi gaz importi uchun 5 million dollar topa oladigan holatda emas".

Foto: REUTERS/Adnan Abidi
Shri-Lanka bir kunlik benzin zaxirasiga ega, deb ma’lum qildi mamlakat bosh vaziri Ranil Vikremesingxe.
"Ayni paytda bizda bir kunga yetadigan benzin zaxirasi bor. Kecha keltirilgan dizel yonilg‘isi sababli dizel yonilg‘isi yetishmovchiligi birmuncha bartaraf etiladi. Hindiston kredit liniyasi doirasida 18 may va 1 iyun kunlari yana dizel yonilg‘isi keltiriladi. Bundan tashqari, 18 va 29 may kunlari benzin keltirilishi kutilmoqda", - deya bosh vazirning so‘zlaridan iqtibos keltirgan News First nashri.
Vikremesingxening qayd etishicha, "moliya vazirligi gaz importi uchun 5 million dollar topa oladigan holatda emas".
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda elektr energiyasining o‘chishi kuniga 15 soatgacha yetishi mumkin.
“Biz bu inqirozning oldini olish uchun pul oldik. Shuningdek, iste’molchilarni gaz bilan ta’minlash uchun zudlik bilan 20 million dollar olishimiz kerak", - deya qo‘shimcha qildi bosh vazir.
Ranil Vikremesingxe o‘tgan haftada bir necha kunlik ommaviy tartibsizliklar va namoyishlar sababli iste’foga chiqqan Maxind Radjapaksaning o‘rniga bosh vazir bo‘ldi.
Mavzuga oid

10:40 / 07.06.2025
Xorazm va Jizzaxda sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan zapravkalar aniqlandi

09:37 / 07.06.2025
Sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan AYoQShga 75 mln so‘m jarima qo‘llandi

15:08 / 11.05.2025
Shri-Lankada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

18:35 / 09.05.2025