O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega 10ta davlat ma’lum qilindi

Iqtisodiyot 07:40 / 16.05.2022 29009

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Xitoy va Rossiya yetakchilik qilmoqda. 

Qayd etilishicha, Xitoydan 1,6 mlrd dollarlik, Rossiyadan esa 1,3 mlrd dollarlik mahsulotlar import qilingan.

Shuningdek, importda yuqori ulushga ega bo‘lgan qolgan davlatlar quyidagicha:

  • Qozog‘iston – 762 mln;
  • Koreya – 620 mln;
  • Turkiya – 395 mln;
  • Germaniya – 364 mln;
  • Turkmaniston – 155 mln;
  • Hindiston – 154 mln;
  • AQSh – 116 mln;
  • Ukraina – 104,5 mln AQSh dollari.

O‘zbekiston eksportidagi top-10 davlat ham ma’lum qilindi. Statistika qo‘mitasiga ko‘ra, yanvar-mart oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar: 

  • Xitoy – 526 mln;
  • Rossiya – 485 mln;
  • Turkiya – 381 mln;
  • Qozog‘iston – 231 mln;
  • Qirg‘iziston – 183 mln;
  • Afg‘oniston – 171 mln;
  • Tojikiston – 103 mln;
  • Kanada – 67 mln; 
  • Ukraina – 35,6 mln; 
  • Eron – 35 mln AQSh dollari.
Ko‘proq yangiliklar: