Mariupol atrofida yangi qabriston, Donbassda yerto‘ladagi bolalar. Urush suratlari

Jahon 13:54 / 16.05.2022 23657

15 may kuni Mariupol ma’muriyati Rossiyani shahar hududida fosforli o‘q-dorilar qo‘llashda aybladi, Ukraina sudga qadar tekshiruvlar boshladi. Ukrainadan bo‘lgan Kalush Orchestra rep-guruhi «Yevrovideniye»da g‘olib bo‘ldi — guruh vokalisti Oleg Psyuk Mariupol va shahardagi so‘nggi qarshilik o‘chog‘i bo‘lgan «Azovstal»ga yordam berishga chaqirdi. Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov Sereda posyolkasi Ukraina hududidan turib o‘qqa tutildi — dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi yaralangan. Hudud ma’muriyati rahbari Sergey Gaydayning ma’lum qilishicha, Ukraina nazoratida Lugansk oblasti hududining atigi 10 foizi qolgan.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Berlinda NATO davlatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida. Unda alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg ham videoaloqa orqali ishtirok etdi. Foto: Kevin Lamarque/Pool via AP

Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar

  • Nikolayev va Xersonda tunda kuchli portlash ovozlari eshitildi - shaharlar o‘qqa tutilgani taxmin qilinmoqda. Nikolayev meri shaharda bir portlash ro‘y berganini tasdiqlagan, mahalliy nashrlar «aviazarba» haqida xabar bergan. Ukraina qurolli kuchlari Dolgenkoye, Russkiye Tishki, Ternovaya va Petrovka aholi punktlaridagi fuqarolik infratuzilmalari o‘qqa tutilganini ma’lum qilgan.
  • Volodimir Zelenskiy hududiy mudofaa kuchlari qo‘mondonini o‘zgartirdi. U bu lavozimdan Yuriy Galushkinni bo‘shatdi va Igor Tansyurni tayinladi. Tayinlovga qadar Tansyur quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari bo‘lgan.
  • Ukraina qurolli kuchlari hududiy mudofaa kuchlarining Xarkov shahridagi 127-brigadasining 227-bataloni rossiyalik harbiylarni chekintirdi va yakshanba kuni Rossiya bilan chegaralargacha chiqdi.
  • Kiyevda 17 maydan Hindiston elchixonasi faoliyati ham tiklanadi - fevralda bu elchixona Polshaga evakuatsiya qilingandi. Shuningdek AQShning Kiyevdagi elchixonasi ham to‘liq qaytishi kutilmoqda.

Donbass shimoli 

Lugansk oblasti shimoli-g‘arbidagi Lisichanskda oilasi evakuatsiya bo‘lmaslikka qaror qilgan sakkiz yoshli Kseniya bombapanagohda yotibdi.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Oilasi bilan Lisichanskda qolgan bolalar bombapanagohda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Xarkov oblasti 

Xarkovdan shimolda joylashgan Dergachi shahridagi madaniyat markazi xarobalari orasida gumanitar yordam (kiyimlar) solingan quti.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik o‘t o‘chiruvchilar Dergachidagi madaniyat markazida ishlamoqda. 12 may kuni markaz rossiyaliklar aviazarbasi bilan yo‘q qilindi.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Kommunalchi Saltovka rayoni o‘qqa tutilishi oqibatida vayron bo‘lgan elektr uzatish liniyasini tuzatmoqda.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Xarkovdan sharqda joylashgan Malaya Rogan posyolkasida yakson etilgan texnika.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Ukrain nashrlari Xarkov atrofidagi hududlarda halok bo‘lgan rossiyalik askarlarning shaxsi aniqlashtirilayotgani haqida xabar bergan. Ular orasidagi bu askarning qo‘lida uch soat taqilganini ko‘rish mumkin.
UNIAN
Ukrainalik harbiy xizmatchilar Xarkov atrofidagi hududlarda navbatchilik qilmoqda
AP Photo/Mstyslav Chernov
Ukrainalik harbiy xizmatchi Xarkov shimolidagi Kutuzovka posyolkasi atrofidagi yo‘lda turgan rossiyaliklarning portlab ketgan jangovar harbiy mashinasi oldidan o‘tmoqda. Foto: AP Photo/Mstyslav Chernov
Xarkov shimolida yaqinda qaytarib olingan qishloq oldidagi o‘rmondan o‘tayotgan ukrainalik harbiy xizmatchilar.
Mstyslav Chernov / AP / Scanpix / LETA
Russkaya Lozovaya qishlog‘ida qo‘mondonlik punkti sifatida foydalanilayotgan yerto‘ladagi ukrain harbiy xizmatchilari. Xarkov shimolidagi bu qishloq shu kunlarda Ukraina armiyasi tomonidan qaytarib olingan.
Ricardo Moraes / Reuters / Scanpix / LETA

Mariupol

«Azovstal» himoyasida turgan jangchi. Foto: «Azov» polki
Mariupolda yakson qilingan ko‘p qavatli turar joy binosi, dron orqali s’yomka.
Pavel Klimov / Reuters / Scanpix / LETA
Mariupol yaqinidagi Eski Qrim posyolkasidagi qabriston.
Pavel Klimov / Reuters / Scanpix / LETA
Eski Qrimdan bo‘lgan ayol o‘z erining qabrini izlamoqda.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: