Kim Chen In harbiylarni aholini dorilar bilan ta’minlashga jalb qilishni buyurdi

Jahon 10:14 / 16.05.2022 7756

«U Pxenyan shahrini, xalq armiyasining qudratli harbiy-tibbiy xizmatini jalb qilgan holda, dori-darmonlar bilan ta’minlashni zudlik bilan barqarorlashtirish to‘g‘risida topshiriq berdi», deyiladi Koreya Mehnat partiyasi MQ siyosiy byurosining mamlakatdagi epidemiologik vaziyat muhokama qilingan favqulodda yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha tarqatilgan xabarda.

Kim Chen Inning ta’kidlashicha, «partiya siyosatining amalga oshirilishini qat’iy kafolatlashga majbur bo‘lgan sud va prokuratura sohalari huquqiy nazoratni lozim darajada amalga oshira olmadi, dori vositalarining butun mamlakat bo‘ylab muomalasi va savdosidagi qator salbiy holatlarga barham bermadi».

U Markaziy prokuratura boshlig‘ini «bekorchilik va o‘z vazifasiga beparvolik hamda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani, shu bilan birga, pushaymon bo‘lmagani va hech qanday o‘ringa ega emasligi» uchun tanqid qildi. 

Yakshanba kuni KXDR kasallik natijasida sakkizta yangi o‘lim holati haqida xabar berdi. Mamlakatda jami 50 ta o‘lim qayd etilgan va isitma belgilari bilan 392,9 mingdan ortiq odam aniqlangan. Jahon mutaxassislari bu isitmani koronavirus deb hisoblamoqda. Hozircha Pxenyan rasmiy ravishda COVID-19’ning «omikron» variantidan bir kishi o‘lganini e’lon qildi. 

Ko‘proq yangiliklar: