Estoniyada yirik harbiy mashg‘ulotlar boshlanmoqda

Jahon 10:00 / 16.05.2022 11216

«Mashqlar davomida mudofaa qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligi va xalqaro tahdidlarga javob berish qobiliyati sinovdan o‘tkaziladi. Asosiy e’tibor 2-piyoda askarlar brigadasi va Kiberqo‘mondonlik strategik aloqalar markazining tayyorgarligini tekshirishga qaratiladi», — deya xabar berdi «Interfaks»ga mudofaa kuchlari bosh shtabi matbuot xizmati.

Mashqlar 16 maydan 3 iyunga qadar bo‘lib o‘tadi va deyarli butun Estoniyani qamrab oladi. Bo‘linmalarning asosiy harakatlari Janubiy Estoniyada o‘tkaziladi, jangovar o‘q otish mashqlari Markaziy mudofaa kuchlari poligonida va Saaremaa orolida tashkillashtiriladi. 

«Tipratikan-2022»dan tashqari, Estoniya va uning yaqinida bir vaqtning o‘zida yana bir nechta mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Latviya Namejs mashqlarini tashkil qilyapti, uning doirasida Estoniya mudofaa kuchlari bilan transchegaraviy hamkorlik va qo‘shma qo‘mondonlik tartib-qoidalari o‘rgatiladi. Defender Europe mashqlari doirasida AQSh dengiz piyoda askarlari Saaremaada estoniyalik harbiy xizmatchilar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, dengizda o‘q otish mashqlari rejalashtirilgan. NATO Shimoliy diviziyasi shtabi Knight Legion mashqlarini o‘tkazadi. 

«Tipratikan-2022» mashg‘ulotlarida piyoda qo‘shinlar, harbiy-havo kuchlari va harbiy-dengiz kuchlari, «Kaytseliyt» ko‘ngillilar qo‘shini, shuningdek, kiberqo‘mondonlik, qo‘llab-quvvatlash qo‘mondonligi va maxsus operatsiyalar qo‘mondonligi ishtirok etadi. Bundan tashqari, Estoniyada joylashgan NATO jangovar guruhi bo‘linmalari, mashg‘ulotlar davomida bu yerga yetib kelgan ittifoqchilarning bo‘linmalari ham mashqlarda qatnashadi.

Mashg‘ulotlarda o‘n davlatdan 7100 nafarga yaqin zaxiradagi askar, 2500 nafar harbiy xizmatga chaqirilgan askar, 2000 nafar shartnoma asosidagi askar va 4200 nafar ittifoqchi askarlar ishtirok etadi. Yuzlab texnikalar, jumladan zirhli texnikalar, piyodalar jangovar mashinalari, tanklar, kemalar, vertolyotlar va samolyotlar jalb etilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: